
Kinematografik film
Bino kun va fasl bo'yicha jonlanadigan qisqa reklama filmi. Sotuv ofisi, sayt va ijtimoiy tarmoqlar uchun.
- Tashqi va ichki kadrlar
- Tong, kun, shom va tun
- Gorizontal va vertikal versiyalar
- Musiqa va ovoz bilan montaj
Quruvchilar uchun kinematografik film va interaktiv 3D showroom.
Poydevor endi quyilyapti, sotuv esa kutib turmaydi. AVVALL showroom'da xaridor xonadonni hozirdanoq tayyor holatda ko'radi va ichida virtual sayr qiladi!
Ikkalasi bitta 3D modeldan tayyorlanadi, shuning uchun film va showroom bir xil ko'rinadi va narx ham tejaladi.

Bino kun va fasl bo'yicha jonlanadigan qisqa reklama filmi. Sotuv ofisi, sayt va ijtimoiy tarmoqlar uchun.

Xaridor brauzerda binoni aylantiradi, qavat va xonadon tanlaydi, ichkarida sayr qiladi. Ilova o'rnatish shart emas.
Pastga aylantiring: qavat aylanadi, xaridor esa binodan xonadon ichigacha bir oynada yetib boradi.
Binoni istalgan tomondan va kunning istalgan vaqtida ko'radi.
Qavatni bosadi va undagi xonadonlar rejasini ochadi.
Reja, maydon, narx va holat bitta kartada.
Xonadon ichida xonama-xona yuradi.
Toshkentdagi turar-joy majmuasi uchun film va showroom: kun almashinuvi, to'rt fasl, qavat tanlash va xonadon ichida 360° sayr.



Har bosqich oxirida natijani ko'rib tasdiqlaysiz. Keyingi bosqichga faqat sizning roziligingiz bilan o'tamiz.
Chizmalar, referenslar va sotuv maqsadini olamiz.
Bino va xonadonlarni aniq o'lchamda modellashtiramiz.
Yorug'lik, fasl va kadrlarni siz bilan tasdiqlaymiz.
Saytingizga va sotuv ofisi ekraniga yig'amiz.
Narx va holatlarni o'zingiz yangilab borasiz.
Xaridor loyihani qog'ozdagi reja emas, tayyor uy sifatida ko'radi va bron qilish haqida tezroq qaror qiladi.
Sayt, sotuv ofisi ekrani, Instagram va taqdimot uchun bir xil sifatli kontent.
Boshqa shahar yoki chet eldagi xaridor xonadonni telefonidan to'liq ko'rib chiqadi.
Loyiha hajmiga bog'liq. Chizmalar va brifni ko'rganimizdan keyin aniq muddatni yozma ravishda beramiz.
Ha. Arxitektura va planirovka chizmalaridan 3D modelni o'zimiz quramiz.
Ha. Alohida havola sifatida ham, saytingiz ichida ham ishlaydi.
Siz. Oddiy jadval orqali yangilaysiz, o'zgarish showroom'da darhol ko'rinadi.
Chizmalaringizni yuboring. Qaysi xizmat kerakligini, muddat va narxni birga aniqlaymiz.
Telegram: @avvall_support Toshkent, O'zbekiston